KASB HUNAR TANLASHDA TEXNOLOGIK TA'LIM ROLI.
Аннотация
Ushbu maqolada texnologik ta’limning o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishdagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Unda texnologik ta’limning mazmuni, uning o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdagi roli hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, ularni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishda texnologik ta’limning tutgan o‘rni asoslab berilgan. Amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mas’uliyat, mustaqillik va ijodiy fikrlash kabi sifatlarning rivojlanishi ham yoritilgan. Bundan tashqari, texnologik ta’limning o‘quvchilarni hayotga tayyorlashdagi ahamiyati ham ko‘rsatib berilgan. Maqola yakunida texnologik ta’limni yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlangan.
Перевод пока недоступен