BIOLOGIK TO'QIMALARDA ELEKTR TOKI
Аннотация
Mazkur maqolada biologik to‘qimalarda elektr toki hosil bo‘lishi va uning organizm faoliyatidagi o‘rni kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hujayra membranasida ionlarning harakati natijasida yuzaga keladigan bioelektrik potensiallar, ularning shakllanish mexanizmlari hamda nerv va mushak to‘qimalaridagi elektr jarayonlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, biologik to‘qimalarning elektr o‘tkazuvchanligi, ionlar transporti va elektr signallar tarqalishining fizik hamda fiziologik qonuniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu jarayonlar Bioelektrik hodisalar doirasida izohlanib, ularning organizmda axborot uzatish va boshqaruv mexanizmlaridagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada bioelektrik jarayonlarning diagnostikadagi roli, xususan elektrokardiografiya, elektroensefalografiya va elektromiografiya usullarining amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, elektr tok ta’sirining terapevtik imkoniyatlari ham yoritilib, uning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni baholangan.
Перевод пока недоступен