Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Другое

PREEKLAMPSIYADA OSHQOZON OSTI BEZINING PATOMORFOLOGIK O'ZGARISHLARI

A'zamjonov ShohjahonToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Patologik anatomiya magistriWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Аннотация

Ushbu tadqiqotda preeklampsiya asorati tufayli organizmda yuzaga keladigan global gipoksiya va mikrosirkulyator buzilishlar fonida oshqozon osti bezida rivojlanadigan patomorfologik oʻzgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqotda asosiy e'tibor preeklampsiyaning ogʻirlik darajasi hamda bez parenximasining destruksiyasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri korrelyatsiyani aniqlashga qaratilgan. Mualliflar autopsiya materiallari va eksperimental model ma'lumotlarini qiyosiy tahlil qilib, eksokrin va endokrin (Langergans orolchalari) qismlardagi struktura buzilishlarini, kapillyarlar mikrotrombozi hamda perivaskulyar shish qonuniyatlarini koʻrsatib oʻtganlar. Maqolada poliorgan yetishmovchiligi zanjirida pankreatik disfunksiyani erta morfologik baholash, shuningdek, ogʻir asoratlarning oldini olish uchun jigar va buyrak patologiyalari bilan bir qatorda oshqozon osti bezidagi ishemik va nekrotik jarayonlarni ham monitoring qilish zarurligi asoslangan.

Перевод пока недоступен

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0