BACHADONNING ANATOMIK VA GISTOLOGIK TUZILISHINING ZAMONAVIY TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Аннотация
Ushbu maqolada bachadonning anatomik va gistologik tuzilishi, uning ayol reproduktiv tizimidagi o‘rni hamda zamonaviy tibbiyotdagi klinik ahamiyati yoritilgan. Bachadon devorining asosiy qavatlari - endometriy, miometriy va perimetriyning morfologik hamda funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, bachadonning qon bilan ta’minlanishi, innervatsiyasi va yoshga bog‘liq anatomik o‘zgarishlari haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada zamonaviy diagnostika usullari, ultratovush tekshiruvi, MRT va gistologik tahlillarning bachadon patologiyalarini aniqlashdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan. Bachadon anatomiyasi va gistologiyasini chuqur o‘rganish ginekologik kasalliklarni erta tashxislash hamda samarali davolashda muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Перевод пока недоступен