Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Другое

KOʻP KOMPONENTLI SEMENTLI BOGʻLOVCHINING MIKROTUZILMASI SHAKLLANISHINI FIZIK-KIMYOVIY USULLAR BILAN TADQIQ ETISH

J.А. ТurgaevI.M. МахаmаtаliеvToshkent davlat transport universitetiV.M. TsoyToshkent davlat transport universitetiN.K. ТахirjanovToshkent davlat transport universiteti
ABI

Аннотация

Maqolada «sement - mikrokremnezem - superplastifikator - koʻpchitilgan vermikulit» tizimida strukturashakllanish mexanizmlari va fazalararo oʻtish zonasining holatini baholashga yoʻnaltirilgan fizik-kimyoviy tadqiqot natijalari keltirilgan. Rentgenfazaviy tahlil va skanerlovchi elektron mikroskopiya usullari yordamida 10 % mikrokremnezem, superplastifikator hamda modifikatsiyalanmagan koʻpchitilgan vermikulit kiritilganda sement matritsasidagi fazaviy oʻzgarishlar koʻrib chiqilgan. Mikrokremnezem portlanditni bogʻlab, ikkilamchi C–S–H hosil boʻlishiga va sement toshi tuzilmasining zichlashishiga yordam berishi aniqlangan. Superplastifikator zarrachalarning bir tekis disperslanishini ta'minlab, mahalliy suv miqdorini kamaytiradi. Modifikatsiyalanmagan vermikulit kiritilganda uning qatlamli morfologiyasi va yuqori gʻovakliligi sababli nuqsonli kontakt zona shakllanishi koʻrsatildi. Olingan natijalar vermikulit saqlovchi sementli kompozitlarning mustahkamligi va uzoq muddatliligini oshirish uchun vermikulit yuzasini yoʻnaltirilgan modifikatsiyalash zarurligini tasdiqlaydi. Kalit soʻzlar: sementli bogʻlovchi; mikrokremnezem; koʻpchitilgan vermikulit; C–S–H; portlandit; rentgenfazaviy tahlil; skanerlovchi elektron mikroskopiya; fazalararo oʻtish zonasi.

Перевод пока недоступен

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0