THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPING WRITTEN SPEECH COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH AS A SECOND LANGUAGE (ESL)
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish jarayonida talabalar va o‘quvchilarning yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida pedagogika va metodika sohasidagi ilmiy adabiyotlar asosida yozma nutqni rivojlantirishga oid zamonaviy pedagogik yondashuvlar o‘rganiladi. Tadqiqotning natijalari ESL (English second language) ingliz tili ikkinchi til sharoitida yozma nutqni rivojlantirish uchun kommunikativ yondashuv, jarayonli yozish metodikasi va interaktiv pedagogik texnologiyalar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.Yozma nutq kompetensiyasi — bu shaxsning o‘z fikr-mulohazalarini izchil, lo‘nda, mantiqiy va grammatik qoidalarga rioya qilgan holda, matn shaklida bayon etish ko‘nikmasidir. Bu shunchaki yozish emas, balki turli mavzularga oid insho, bayon, xat yoki hisobotlar orqali fikrni to‘g‘ri yetkazib berish, nutq madaniyati va savodxonlik darajasini ko‘rsatuvchi murakkab jarayondir.
Перевод пока недоступен