UROLOGIK MUAMMOLARI BO‘LGAN BEMORLAR ORASIDA YONBOSH ARTERIYALARIDA QON AYLANISHI BUZILISHINING UCHRASH CHASTOTASI
Аннотация
Dolzarbligi: katta yoshdagi shaxslarda urologic muammolarning yonbosh arteriyalarida qon aylanishi buzilishi bilan bogʻliqligi munozaraligicha qolmoqda. Material va usullar: peshob chiqarishda buzilishlari va erektil disfunksiyasi bo‘lgan o‘rtacha 63,9±3,8 yoshli 45 bemor tekshirildi. Aorta va yonbosh arteriyalari dopplerografiyasi va MSKT tekshiruvlari qo‘llanildi. Natijalar: yonbosh arteriyalarida aterokalsinoz pilakchalari mavjudligi prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi tufayli pastki siydik yo‘llari simptomlari bo‘lgan 30 ta bemordan 15 (50%) tasida, gipoaktiv qovuq sindromi bo‘lgan 8 ta bemordan 5 (62,5%) tasida, erektil disfunksiyasi bo‘lgan 7 ta bemordan 5 (71,4%) tasida aniqlandi. Xulosa: peshob chiqarishda buzilishlari va erektil disfunksiyasi bo‘lgan 40 yoshdan katta yoshdagi bemorlarning 55,6%da yonbosh arteriyalarida qon aylanishi buzilishi kuzatiladi.