YONBOSH ARTERIYALARI ATEROKALTSINOZI BILAN UYGʻUNLASHGAN SIYISHDA BYZILISHLARI BOʻLGAN BEMORLARNI DAVOLASH NATIJALARI
Аннотация
Dolzarbligi: tos a'zolarida qon aylanishining buzilishi bilan bog'liq siyish buzilishlarini bartaraf etish uchun optimal terapevtik texnologiyalarni ishlab chiqish dolzarb yo'nalishlardan biridir. Material va usullar: PBXG bilan bog‘liq PSYS bo‘lgan o‘rtacha 68,4±3,1 yoshli 30 bemor tekshirildi. Bemorlar ikki guruhga ajratildi: asosiy guruh – yonbosh arteriyasida qon aylanishi buzilishi bo‘lgan 15 (50%) bemor, nazorat guruhida - qon aylanishi buzilishi bo‘lmagan 15 (50%) bemor. Davolashda alfa-adrenoblokator va 5-chi turdagi fosfodiesteraza ingibitorlari 3 oy muddatda qo‘llanildi. Natijalar: bemorlarni medikamentoz davolashda ikkala guruhda ham yonbosh arteriyalarida qon aylanishi buzilishining bor yoki yo‘qligiga qaramay, I-PSS so‘rovnomasi, siydikning maksimal oqim tezligi va qoldiq siydik hajmi ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi. Xulosa: PBXG bilan bog‘liq PSYS bo‘lgan bemorlarni alfa-adrenoblokator va 5-chi turdagi fosfodiesteraza ingibitorlari bilan 3 oy muddatda davolash yonbosh arteriyasida qon aylanishi buzilishi bo‘lgan bemorlarda ham, qon aylanishi buzilishi bo‘lmagan bemorlarda ham samaralidir. Ammo I-PSS so‘rovnomasi va urofloumetriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalarni guruhlararo taqqoslaganda statistik ishonchli farq aniqlanmadi (p>0,05).