Chet tillarni masofadan o'qitish: zamonaviy tendentsiyalar va rivojlanish istiqbollari
Аннотация
Chet tilini o'qitish tizimini takomillashtirish jamiyat rivojlanishi zamonaviy taraqiyotining dolzarb masalarining biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda pandemiya bilan bog'liq holda, barcha oliy o'quv yurtlari masofaviy o'qitishga ro'baro' kelishdi. Ushbu holat masofaviy o'qitishni O'zbekiston Respublikasida oliy ta'lim tizimiga joriy etishga turtki berdi, bir qator xorijiy mamlakatlar (AQSh, Evropa va boshqalar) ko'p yillar davomida ushbu o'qitish usulini qo'llab kelmoqda. Masofaviy ta'lim an'anaviy ta'lim singari jarayonga xos bo'lgan barcha tarkibiy qismlarni (maqsadlar, mazmun, uslublar, tashkiliy shakllar, o'quv qo'llanmalari) aks ettiradi. Chet tilini masofadan o'qitish uslubiga oid so'nggi tadqiqotlar va nashrlarni tahlil qilib, ushbu ta'lim uslubiga oid turli jihatlar ko'rib chiqildi. Bugungi kunda italyan tilini masofadan o'qitishni amalga oshirish bir nechta asosiy muammolarga duch kelmoqda.