O'QITUVCHI BILAN O'QUVCHINING DARSDAGI FAOLIYATIDA TESKARI ALOQA O'RNATISHNING AHAMIYATI
Аннотация
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchi-talabaning ta’lim jarayonida o‘z
kamchiliklari va yutuqlarini yaqqol anglashida teskari aloqaning ijobiy
natijalari xaqida qisqacha so‘z yuritilgan. O`qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyati albatta o‘qituvchidan
o‘quvchiga faqat axborot oqimi borishini, ya’ni bevosita aloqani taqozo etib
qolmasdan, shu bilan birga teskari aloqani xam takozo etadi. Xuddi ana shu hol
o‘quvchilarning o‘quv mehnatini rag‘batlantirish va ta’lim jarayonida uni
boshqarish imkonini beradi. Buning uchun ham o‘qituvchining o‘quvchilar ishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardorligi, ya’ni u sinfga tez-tez savollar bilan
murojaat qilib, o‘quvchilarni doska yoniga chaqirib turadimi yoki yo‘qmi,
varaqchalar asosida alohida-alohida tekshirish topshiriqlari berib turadimi yoki
yo‘qmi, dasturlashgan ta’lim qirralaridan foydalanadimi yoki yo‘qmi, - ana
shularga e’tibor berish kerak va hokazo. Bu hol darsning kaysi bosqichlarida yuz
beradi: faqat so‘rash paytidami yoki doimomi? O‘qituvchi bu ishni qanday
maqsad bilan o’tkazadi (o‘quvchi kanday qilib va qanday mikdordagi narsani
eslab qolganligini, u yoki bu qoidani qanday tushunganligini, bilimlarni amalda
qo‘llab ko‘rishni biladimi-yo‘qmi, masalani yangicha hal kilishni, gipoteza
tuzishni, uning to‘g‘riligini tekshirishni biladimi-yo‘qmi, masalani echishda
qanday fikr yuritadi, fikr yuritishda qaysi o’rinlarda xatolarga yo‘l qo‘yadi va
hokazolarni tekshirishga intiladi?