Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

Sopolli madaniyat taqinchoqlarining turlari va vazifasi xususida mulohazalar

ABI

Аннотация

Sopolli madaniyat Oks sivilizatsiyasining mahaliy shimoliy Baqtriya varianti bo`lib, mil.avv. XX asrdan XV asrgacha bo`lgan vaqt oralig`ida gullab yashnagan. Janubiy O`zbekiston hududida bugungi kungacha 45 ga yaqin Sopolli madaniyat yodgorliklari aniqlangan bo`lib, shulardan 12 tasida arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Ushbu madaniyat sohiblari dehqonchilik, chorvachilik bilan bir qatorda hunarmandchilikni ham teng rivojlantirgan jamoa hisoblanib, ayniqsa hunarmandchilikning bir tarmog`i hisoblangan zargarlik sohasida juda katta yutuqlarga erishishgan. Sopolli madaniyat yodgorliklaridan bugungi kunda insonlar tomonidan taqib yuriladigan taqinchoqlarning barcha turlari topilgan. To`g`nog`ich, diadema, sirg`a, munchoq, marjon, shokila, tumor, bilaguzuk va uzuklar shular jumlasidandir. Ushbu maqolada Sopolli madaniyat yodgorliklaridan topilgan taqinchoqlarning turlari va ularning vazifasi to`g`risidagi tarixiy va arxeologik ma`lumotlar ilmiy tahlil qilingan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар