Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

Xozirgi elektr ishlab chiqarish tizimida gidroelektr stansiyalarining tutgan o’rni

Fotima Rahmonali qizi XudoyberdiyevaToshkent irrigatsiya va qishloq xujaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiDilnoza Akromjon qizi AbdumuminovaToshkent irrigatsiya va qishloq xujaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiDurdona Lutfullo qizi Po’latovaToshkent irrigatsiya va qishloq xujaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
ABI

Аннотация

Miriqib televizor koʻrib oʻtirganingizda birdan chiroq oʻchib qolsa, taʼbingiz xira boʻladi. Yonishini besabrlik bilan kuta boshlaysiz. Bugungi kun texnikasining koʻpchilik qismi elektr energiyasi bilan ishlaydi. Rivojlanib borayotgan dunyoni usiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish juda katta mablagʻ, tabiiy sharoit talab qiladi. Gidroelektr stansiyalari - GESlar eng keng tarqalgan elektr stansiyalari boʻlib, suv oqimidagi energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi inshootlar va jihozlar majmuidir. Ular koʻpincha daryolarda, toʻgʻon va suv omborlarida quriladi. Elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligi ikki omilga bogʻliq: GES butun yil mobaynida suv bilan uzluksiz taʼminlanishi va nishablikda joylashishi zarur. GESlarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr stansiyalariga qaraganda ekologik zarari kamroq. Noqulay jihati - suv omborlari juda katta maydonni egallaydi, GES qurilishi nisbatan koʻp mablagʻ talab qiladi. Biroq har qanday elektr stansiyasidan yagona ustunlik jihati bor - GESlar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarining manbasi (koʻmir, yoqilgʻi) bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin GESlarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta toʻplanadi. GESlarning ishlash tarzi juda oson. Gidrotexnik jihozlar suvni maʼlum bosimda joʻnatib turadi. Bu suv maxsus quvurlardagi parraklarga kelib uriladi va generatorlarni harakatga keltiradi. Natijada elektr energiyasi paydo boʻladi.

Мавзулар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба
Кўрсаткичлар — AkademScholar · Тез орада