MARKAZIY OSIYODA TRANSCHEGARAVIY FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISH TADBIRLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Аннотация
Tarix davomida Markaziy Osiyo Sharqiy Osiyoni Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘lovchi Ipak yo‘lida joylashgani savdo sotiq, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanish va foyda ko‘rish imkoniga ega bo’lgan. Bugungi kunda Markaziy Osiyo o‘zining yosh va bilimli aholisi, tabiiy resurslari va strategik jihatdan qulay joylashuvi bilan mintaqa iqtisodiy rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi ham mintaqaviy, ham xalqaro bozorlarga eksport qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu maqolada, Markaziy Osiyoda transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samaradorligini oshirish yo‘llari haqida fikr va mulohazalar yuritilib, voqealar rivoji orqali tahlil qilinadi.