BOSHLANG'ICH SINFDA O'QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI
Аннотация
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda interfaol o’yinli
metodlarni qo’llash usullari va bu usullardan foydalanishning ta’lim
samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va
ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit
haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun
qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o’yinlardan,
mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida
foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib
turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida
o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning
natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim. Masalan o’qish darslarida
“So’zdan so’z yasash” o’yinini o’tkazish o’quvchilarning lug’at boyligini
oshirishga, so’z boyligini o’stirishga yordam beradi.