TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI
Аннотация
Annontatsiya: Turkiston general-gubernatorligi (rus.Туркестанское генерал-
губернаторство) — maʼmuriyhududiy birlik. Rossiya Imperiyasibosib olgan Gʻarbiy Turkiston hududida Rossiya
imperatori Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867-yil 11-iyul). Xuddi
shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi
generalgubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi generaladʼyutant
K.P.fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867—1881-
yillarda)Turkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan.
Kavkaz, Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali
maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni "Turkistonning
Bunyodkori" deb ulugʻlashgan. U Toshkentjamoatchiligi vakillari yigʻilishi
(1868-yil 22-yanvar)da birinchi bor ruslarni Turkiston xalqlarining "Katta
Ogʻasi" deb atagan. Turkiston 19-asrning boshlarida Britaniya Imperiyasi va
Rossiya Imperiyasi orasidatortishuvlarga sabab boʻlgan. Rossiya imperatori fon
Kaufmanga oʻlkani boshqarishda cheklanmagan huquq va vakolatlar bergan,
natijada uni xalq "Yarim Podsho" deb bilgan. Ichki va tashqi siyosatda uning
erkin ish yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan "Oltin Yorliq"da oʻz
aksini topgan.