L(-)-MENTOLNING AYRIM DIKARBON KISLOTALAR BILAN HOSIL QILGAN BIRIKMALARINING SPEKTROSKOPIK TAXLILI
Аннотация
O‘simliklardan ajratib olingan tabiiy birikmalar yuqori biologik faollikka ega bo‘lib, bunday birikmalar orasida terpenoidlar va ularning hosilalari alohida o‘rin egallaydi. Dorivor o‘simliklarning shifobaxshligi ularning kimyoviy tarkibi ya’ni alkaloidlar, flavonoidlar, vitaminlar, uglevodlar va boshka moddalar borligi bilan belgilanadi. Ana shunday o‘simliklardan biri “Mentha piperita” o‘simligi bo‘lib, o‘simlik yer ustki qismidan ajratib olingan efir moyining asosini monoterpen mentol moddasi tashkil etadi. Yalpiz moyi o‘simlikning bargidan va boshqa yer ustki qismidan ajratib olinadi, uning tarkibini 50% ini mentol, 9% ini sirka kislota va valerian kislotaning mentol bilan hosil qilgan efirlari tashkil etadi. Ushbu maqolada monoterpenoid mentolning ayrim dikarbon kislotalar bilan hosil qilgan birikmalarining ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi. Olingan birikmalarning kimyoviy tuzilishini mass-spektroskopiya usuli asosida olingan natijalar asosida tahlil qilish natijalari keltirildi.