GAPNING AKTUAL BO‘LINISHI VA SO‘Z TARTIBI MASALASI
Аннотация
Ushbu maqolada rus va o‘zbek tilshunosligidagi gapning aktual bo’linishi va so‘z tartibiga doir ishlar o‘rganildi. Ishda gapning aktual bo‘linishi va so‘z tartibi masalasi e’tiborga olinib, gapning aktual bo‘linishi muhim kommunikativ-sintaktik hodisa sifatida so‘zlar tartibiga bog‘lab o‘rganildi. Gapning aktual bo‘linishi mantiqiy birlik bo‘lgan hukmning bo‘laklanishi (sub’ekt va predikatga bo‘linish)ga o‘xshaydi, degan ayrim tilshunoslarning mulohazalariga qo‘shimcha qilinib, aktual bo‘linish mantiqiy-grammatik bo‘linish deb nomlanishi aytildi. Muhim aktuallashtiruvchilar qatorida: prosodik aktuallashtiruvchi vosita (mantiqiy urg‘u va u bilan bog‘liq bo‘lgan nutq tempi hamda pauza), emfatik emotsional urg‘u (emfatik urg‘uda hissiylik kuchli bo‘ladi, unli yoki undosh cho‘ziladi), leksik va grammatik aktuallashtiruvchi vosita (faqat, yolg‘iz, hatto, o‘zi so‘zlari va -gina, -oq, -yoq qo‘shimchaci kabilar) o‘rganildi