YANGI DAVR O‘ZLASHMALARIDA TRANSFORMATSION DARAJALANISH
Аннотация
Maqola mustaqillik davri o‘zlashmalarining transformatsion darajalanishini tavsifiy metodda tadqiq etishga bag‘ishlsngan. Unda o‘zlashmalar asos ma’noda qo‘llanuvchi leksemalar, asos ma’nosi qisman o‘zgargan leksemalar hamda asos ma’nodan uzilgan leksemalar ko‘rinishida tasniflandi. Buning uchun manba tildagi so‘zning etimologik ma’nosi va o‘zlashmaning qabul qilingan tildagi genetik ma’nosi orasidagi aloqaga asoslanilgan. Maxsus kuzatishlar yangi davr o‘zlashmalarining aniq misollari asosida ko‘rsatib berilgan. O‘rni bilan o‘zlashmalarning izohli lug‘atda berilishi bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan. Tahlil jarayonida dominant leksemaning paradigmatik munosabat hosil qiluvchi qurshovlariga alohida mikrosistema sifatida yondashildi. Bundan tashqari, o‘zlashmalar hamda semantika bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan tilshunoslarning fikrlariga tayanildi va ularga munosabat bildirildi. Yangi davr o‘zlashmalarining manba tildagi asosiga munosabati turlicha ekanligi va ular orasidagi sezilarli o‘zgarishlar mazmuniy aspektda ham, shakliy aspektda ham jiddiy ilmiy tadqiqot va maxsus o‘rganishlar uchun asos bo‘lishi ta’kidlandi. So‘nggi yillari paydo bo‘layotgan hamda so‘zlashuv jarayonida qo‘llanilayotgan neologizmlarning ommalashayotgani e’tirof etildi. Ularning bu jarayonda tez ommalashishi adabiy tildan, o‘zbek tilining lug‘at fondidan munosib o‘rin olish ehtimolini oshirishi bilan belgilandi.