KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA “TUSHUNCHA” VA “KONSEPT”, ULARNI TAHLIL QILISH USULLARI
Аннотация
Sо‘nggi yillari kognitiv ilmning shiddat bilan rivojlanishi lingvistik tadqiqotlarda ham konsept tushunchasi muammosining dolzarblashishiga sabab bо‘ldi. Chunki kognitiv yondashuv asosida lingvist-tadqiqotchi aynan til orqali inson kognitiv mexanizmini anglashga erishadi. Bu esa, tilning barcha sath, sistemasi yuzasidan olingan faktik ma’lumotlarni yangi-yangi xulosalar bilan boyitish imkonini yaratadi. Inson intellekti, tafakkur qonuniyatlari bilan qadimdan mantiq, falsafa, fiziologiya, psixologiya fanlari shug‘ullanib kelgan. Shuningdek, falsafada anglash nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi alohida bо‘lim — gnoseologiya mavjud. Shu sababli aytish mumkinki, kognitivizm antik davr falsafasi bilan bog‘liq ulkan an’anaga ega. Hozirgi kun kognitiv ilmida esa qadimgi masalalar yangicha talqin etilayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, tabiatning turli realiyalari (narsa, hodisa, jarayonlar) tafakkurda turlicha: ayrimlari kо‘rgazmali obrazlar sifatida, boshqalari esa aniq tushuncha sifatida, uchinchisi — belgilar kо‘rinishida tasvirlanadi. Bir sо‘z bilan aytganda, kognitiv tilshunoslik — obyekti inson ongi, tafakkuri va uning mental jarayon va holatlarini birgalikda о‘rganish bilan shug‘ullanuvchi alohida ilmiy soha sanaladi. U anglash va bilimlar, inson faoliyati davomida olamni anglash jarayonlari haqidagi fandir. Shu bois, mazkur maqolada sо‘nggi yillardagi tub burilish bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan kognitiv tilshunoslikka doir fikrlar, uning о‘rganish obyekti va vazifalari, “kognitivizm” tushunchasining mohiyati, unda “tushuncha” va “konsept” muammosi hamda kognitiv tilshunoslikning an’anaviy tilshunoslikdan farqli belgilari, kognitiv tilshunoslikning yо‘nalishlari xususida sо‘z yuritiladi. Shuningdek, kognitiv tilshunoslikning yetakchi namoyandalari asarlarida ham kontseptlar tahlilining modellari о‘rganilib, ular asosida ayrim sо‘zlar konseptual tahlilga tortilgan.