Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

BXSRda musiqa san’ati: mashhur san’atkorlar va qo’shiqchilar tashrifi (1920-1924 yillar)

Nodira RadjabovaBukhara State University
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada 1920-1924-yillarda musiqa va san’at yo’nalishida ta’lim muassasalari faoliyatining yo’lga qo’yilganligi, Turkiston o’lkasida madaniyat, maorif, fan hamda san’at rivojida muhim siljishlar ro’y berganligi manbalar asosida tahlil etilgan. Ayniqsa, o’z davrining mashhur san’at vakillari tomonidan o’zbek milliy san’ati targ’iboti alohida ahamiyatga ega. Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat serqirra iste'dod sohibi bo’lib, fanda uning deyarli qo’l urmagan sohasi qolmagan. U shoir, yozuvchi, dramaturg, adabiyotshunos, tilshunos, tarjimon, muarrix, faylasuf, sharqshunos, musiqashunos va yirik davlat arbobi sifatida musiqa ilmini yosh avlodga yetkazishda jonbozlik ko’rsatganligi ma’lum bo’ldi. Fitratning butun faoliyati bevosita yoshlarning tarbiyasi va ularga ilm berish bilan uzviy bog’liqdir. U 1914-yilda xorijdan Buxoroga qaytib kelganidan so’ng jadidchilik oqimiga a’zo bo’lib, bu yerdagi madrasalarda o’qish tizimini isloh qilish, yangi usul maktablarini ochish, gazeta va jurnallar chiqarish, yoshlarni dunyoviy madaniyatdan bahramand etish, shuningdek, ularga milliy musiqamiz tarixini o’rgatish ishlarida faol ishtirok etdi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба