Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSINI О'TISHNING YANGICHA USLUBLARI

Qobil VoxidovQarshi Davlat Universiteti pedagogika instituti San'atshunoslik kafedrasi musiqa fani о'qituvchisi xalq ta'limi a'lochisi
ABI

Аннотация

Musiqa madaniy xayotimizda keng о‘rin tutgan inson shaxsiyatining rivojlantirishda muhim axamiyat kasb etadigan va murakkab qirralaridan biri bо‘lib atrofdagi gо‘zal narsalarni tо‘g‘ri idrok etishda va qadrlashga о‘rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qarashini shakllantiradi. Musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir kо‘rsatish imkoniyatiga ega bо‘lib, о‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-g‘oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy madaniyatimizning bobokaloni Abu Nasr Al Farobiy bu fan tо‘g‘risida shunday degan edi “Musiqa odam ruhining yо‘ldoshidir”. Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi vositasidir. Musiqa inson ruxiyatini ajralmas qismi bо‘lib hisoblanadi. Inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bо‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bо‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa о‘qituvchisining oldiga qо‘yilgan vazifalari quyidagilardan iborat bо‘ladi; - О‘quvchilarga musiqa san’atiga bо‘lgan mehr-muxabbat va qiziqishlarini oshirish. - Musiqa faoliyatlar jarayonida badiiy ijodkorlik va his tuyg‘ularini rivojlantirish. - О‘rgatiladigan asarlarning badiiy g‘oyaviy mazmuni vositasida о‘quvchilarni axloqiy estetik tarbiyalash. - Musiqa madaniyati darslarida kasb-xunar va mexnatga nisbatan о‘quvchilarda ishtiyoq uyg‘otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak. Musiqa о‘qituvchisi musiqa san’atining nazariy va amaliy soxalaridan yetarli darajada bilim kо‘nikma va tajribaga ega bо‘lishi lozim, ya’ni u ham cholg‘uchi, xonanda, xor derejyori jо‘rnavozchi musiqa nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida ish kо‘rmog‘i lozim. Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyatini tashkil etish, musiqa va ashula darsini yangicha uslubda samarali о‘tish hozirgacha ayrim joylarda talab darajasida emas. Umumta’lim maktablarida hozirgi kunda musiqa bo’yicha oliy ma’lumotli о‘qituvchilar yetishmasligi sababli ayrim maktablarda musiqa madaniyati fani ikkinchi darajali fan hisoblanib, boshqa fan о‘qituvchilariga berib qо‘yilgan. Natijada о‘quvchilar bu fandan aytarlicha qoniqish hosil qilmayaptilar. Ular shu soha bo’yicha oliygohlarga kirishda ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bu masalalarni oldini olish va bartaraf etishda ayrim musiqa ustozlarni о‘rni beqiyos zarurdir. Oliygohlarda talabalarni о‘qitish hozirgi kunda ancha talab darajasida bо‘lmoqda. Talabalarni о‘qitish ularga musiqiy savodxonlikni yetkazish va ularni cholg‘u yо‘nalishlarida mukammal mutaxassis qilib yetishtirishda dars jarayoni muhim rol о‘ynaganidek, ularga ta’lim berish bilan bir qatorda tarbiya berish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi. Xar bir о‘qituvchi, darsni qiziqarli о‘tishi ilg‘or texnologik metodlardan foydalangan xolda zamonaviy tusda davr talabi darajasida darsni tashkil etishi muhim rol о‘ynaydi. О‘qituvchi о‘z kasbi ustida tinimsiz mexnat qilib о‘z kasb mahoratini oshirib borishi, mustaqil ijod qilishi о‘z ijodidan talabalarni ustoz shogird yо‘nalishida singdirib borishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. Institutda talabalarni, maktabda esa о‘quvchilarni darsga qiziqishini oshirib, ularni zerikib qolmasliklariga yо‘l qо‘ymasliklari zarur. Shundaylari ham uchrab turadiki, ayrim о‘qituvchilarni darslaridan talabalar, maktabda о‘quvchilar darsdan zerikib, ular shu sohani chuqur egallashdan chekinish hollari ham uchrab turadi. Albatta buni oldini olish uchun о‘qituvchi о‘z ustida tinimsiz mehnat qilmog‘i, ijod qilmog‘i lozim. О‘z malaka va kо‘nikmalarini mustahkamlab bormog‘i lozim. Oliygohni tugatgan har qanday о‘qituvchi kelajakda ish faoliyatini о‘rta maktabdan boshlashi aniq. Biz pedagogika instituti о‘qituvchilari yuqoridagilarni hisobga olib, umumta’lim maktabida qanday dars boshlashni va uni qanday qilib samarali о‘qitishni oliygoh talabalariga ma’rо‘zalarda, mustaqil ish jarayonlarida, labaratoriya darslarida to’g‘ri, aniq va ravshan qilib tushuntirib bermog‘imiz lozim. Ayrim talabalar bilan yakka tartibda maktabda о‘quvchilar bilan ham ish olib borishga tо‘g‘ri keladi. Bu borada darsdan tashqari to’garak ishlarini ham tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yib olmoq lozim. О‘quvchilarni yoki talabalarni dars jarayonida hamda darsdan tashqari jarayonlarda ularni ovoz diapozonlarini aniqlagan holda ularni ovoz diapozonlariga moslab kuylatish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Albatta qo’shiq kuylashdan oldin doimiy ravishda ovozni sozlash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Institutda talabalarni maktabda о‘quvchilarni qobilyatini aniq tekshirgan holda ularni ovozlarini turlarga bо‘lib bas, bariton, tenor, alt, saprano va hokazolarga ajratgan holda asarlarni tanlab har bir ijrochining ovoz diapozoniga qarab kuylatish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Shaxsan men darsdan tashqari to’garak tashkil etib buyuk kompozitor, shoir va bastakorlar asarlari bilan bir qatorda о‘zimni yaratgan kuy-qo’shiqlarimdan ham foydalanib turaman. Toki bizning talabalar kelajakda bolalar bilan kо‘proq ish olib boradilar. Ular dars jarayonini, ya’ni musiqa madaniyati darsini qanday rivojlantirishni yaxshi bilib olmoqlari kerak. Hozirgi kunda ayrim maktablarda musiqa madaniyati darsi tо‘g‘ri yo’lga qо‘yilgan deb bо‘lmaydi. Buning sababi о‘sha fanni о‘qitadigan о‘qituvchi mutaxassis emasdir yoki biror bir cholg‘u asbobini chalishni о‘zlashtirmagandir. Natijada faqat bolalarga she’r yozdirib uyga yodlab kelishni buyuradilarda, о‘quvchilar bilimini о‘shanga qarab baholaydilar. Bu esa adabiyot darsiga о‘xshab qoladi. Vaholangki, musiqa nazariyasi, xor bо‘lib ashula aytish, musiqa tinglash qismlari tо‘liq bajarilmasdan qolib ketadi. Ayrim о‘qituvchilar magnitofon tasmalariga yoki mobil uyali aloqa vositasida tayyor qо‘shiqlarni yozdirib kelib о‘quvchilarga qо‘yib eshittiradilar va о‘quvchilarni eshittirilgan qо‘shiqqa jо‘r bо‘lib aytishlarini majbur qiladilar. Vaholanki, magnitаfon tasmasida yozilgan qо‘shik bilan bolalar ovozi diapozoni tо‘g‘ri kelmaydi. Bu albatta xato hisoblanadi. Nazarimda har bir musiqa fani о‘qituvchisi biror bir cholg‘u asbobida mukammal ijro eta bilishi shart. О‘sha cholg‘u bilan bolalar ovozini sozlab jonli ijroda bolalarni kuylatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Musiqa madaniyati darsi asosan uch qismga bо‘lib о‘tilishi shart. 1-qism: Musiqa nazariyasi. 2-qism: Xor bо‘lib ashula aytish. 3-qism: Musiqa tinglash. Birinchi qismda, ya’ni musiqa savodiga taxminan 8-10 daqiqa, ikkinchi qismga taxminan 22-25 daqiqa, uchinchi qismga 7-8 daqiqa ajratiladi. Agar vaqt ortib qolsa, о‘tilganlar takrorlanib mustahkamlanadi va bolalar bilimi baholanadi hamda uyga vazifa beriladi. Musiqa madaniyati darsini yanada tushunarli va qiziqarli о‘tish borasida yuqorida aytilganlarga qо‘shimcha qilib shuni aytish kerakki, birinchidan darsni boshlashdan oldin salomlashib, yo’qlama qilib olib, ulardan oldingi о‘tilgan darsni musiqa savodi bo’yicha qisqacha sо‘rab baholash, undan sо‘ng yangi mavzuni о‘tishni boshlash va musiqa nazariyasidan tushuncha berib о‘tish, sо‘ngra bolalar ovozini sozlash maqsadga muvofiq bо‘ladi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба