Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

TIZZA BO'G'IMINING OLDINGI XOCHSIMON BOG'LAMINI "ALL INSIDE" USULIDA PLASTIKA QILISH

MAMATKULOV Komiljon MardankulovichXOLXO'JAYEV Farrux IkramovichSamarqand Davlat tibbiyot institutiRAHMONOV ShohimardonSamarqand Davlat tibbiyot institutiQALANDAROV DilshodSamarqand Davlat tibbiyot institutiAMONOV G'ayrat Tursunovich
ABI

Аннотация

Tadqiqot maqsadi: Tizza osti bukuvchi paylari, jumladan, ingichka va yarimpaysimion muskullar va (yoki) uzun peroneal mushak paylari bilan Ultrabutton Smit-Nephew yordamida oldingi xochsimon bog'lamalarining jarohatlarini “all inside” usulida plastika qilish - barqaror ishonchli kaminvaziv jarrohlik davolash imkonini beradi.\nTadqiqot materiallari va usullari. Ushbu tadqiqot RITOIATMSFda oldingi xochsimon bog’lamaning jarohati bo'lgan 190 bemorlarni davolash tajribasiga asoslangan bo'lib, unda 2018 va 2020 yillar oralig'ida ingichka va yarimpaysimion muskullar va (yoki) uzun peroneal mushak paylari bilan Ultrabutton Smit-Nephew yordamida plastika usuli qo'llanilgan.\nTadqiqot natijalari: Zo'r natijalar-71 (37,4%) – 85-90 ball; Yaxshi natijalar 109 (57,4%) – 65-85 ball; Qoniqarli natijalar-10 (5,2%) – 65 ballgacha. 10 ta (5,2%) bemorda operatsiyadan keyingi 1 yilgacha bo’lgan davrda tizza bo’g’imida diskomfort va noqulaylik hissi kam darajada sezilishi saqlanib qolgan, keyinchalik LFK, fizioterapiya muolajalari, xondroprotektorlar kursi va sinovial suyuqlik protektorlarining intraartikulyar inyeksiyasini o'z ichiga olgan reabilitatsiya dasturining fonida vaqt o'tishi bilan yo’qolgan.\nXulosa. Oldingi xochsimon bog’lamalarining o'tkir va surunkali jarohatlarida tizza bo'g'imining nostabilligini tiklash uchun tizza osti bukuvchi paylaridan olingan autotransplantanti muvaffaqiyatli ishlatilgan. Bu usul turli xildagi asoratlarni, ayniqsa, tizza bo’g’imidagi og'riqlar va harakatni chegaralanishi kabi asoratlarni profilaktikasining yuqori samarali usuli hisoblanadi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба