Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

Rus tilini o’qitishda taʼlim metodlari

Nargisxon Isamuddinovna To’xtayevaSamDU Kattaqo’rg’on filiali
ABI

Аннотация

Hozirgi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o’qitish sifatini ta’minlash, chet tillarida erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, chet tillarni o’zlashtirish orqali jahon ta’lim standartlariga javob beradigan yetuk kadrlarni tayyorlash yurtimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotining maqsadlaridan biridir. Til o’rgatishdagi imkoniyatlarni aniqlash va ularni yuzaga chiqarishda o’qituvchining bilimi, ijodkorligi, talabalarni o’z faniga nisbatan muhabbatini uyg’ota olishi, talaba bilan hamkorlik munosabatini o’rnatish hozirgi davr talabini taqozo etadi. Qaror chet tillarini o’rgatishni yanada rivojlantirish, xalqaro standartlariga muvofiq umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari uchun chet tillarini yuqori darajada egallagan malakali o’qituvchilarini tayyorlash darajasi va sifatini yuksaltirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Shu bilan birga aytish joizki, har bir o’rganilayotgan tilning o’ziga xos qonun-qoidalari, sir-sinoatlari mavjud. Xalqaro standartlarga javob beruvchi yetuk mutaxassis kadr bo’lish uchun o’rganuvchidan tilning eng nozik qatlamlarini nazardan qoldirmaslik talab etiladi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба