Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatini ingliz tili o‘qituvchilari misolida tashkil qilish
Аннотация
Ushbu maqolada oliy ta’lim о‘qituvchilarining innovatsion pedagogik faoliyatini tashkil etishning mazmuni va mohiyatini anglab yetishi, har bir pedagog kundalik faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalga tatbiq etishi, innovatsion mazmun, shakl, vosita va usullardan foydalanishi ta ‘lim jarayonining samaradorligini ta’minlovchi omil ekanligi ko‘rsatib berilgan. Bugungi kunda chet tillarini o‘qitishga davlat tomonidan qo‘yilayotgan talab о‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tilida erkin so‘zlashishga o‘rgatish hisoblanadi. Buning negizida kelgusida kadrlarning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foyda-lanishlari, jumladan, ingliz tilini o‘qitishda uzluksiz ta’limni amalga oshirishning dolzarb ahamiyat kasb etishi kabi masalalar tahlil etilgan.