Huquq ijodkorligi jarayonida kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Аннотация
Maqolada kasaba uyushmalarining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki va ular tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati o‘rganilgan. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq kasaba uyushmalari tomonidan huquq ijodkorligiga oid faoliyat mazmuniga ko‘ra bevosita hamda bilvosita turlarga tasniflanib chiqilgan. Ilmiy ishlanmada bevosita huquq ijodkorligi kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatlar, bilvosita huquq ijodkorligi esa xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi ishtiroki orqali namoyon bo‘lishi yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy davlatlar tajribasida mavjud kasaba uyushmalarining norma ijodkorligiga oid huquqlari, xususan, qonunchilik tashabbusi huquqi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish huquqi ham tahlil qilingan.