Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

O’lmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin” asaridagi Gulchexra va Abdullaning taqdiri

Marjona HayitmurodovaSamDU Kattaqo’rg’on filialiDildora G’aniyevaSamDU Kattaqo’rg’on filiali
CyberLeninK (CyberLeninka)repository2022en
ABI

Аннотация

“Odam bo’lish qiyin” - O’zbekiston xalq yozuvchisi O’lmas Umarbekovning qalamiga mansub. Ushbu asar uning ilk romoni, 1969-yilda yozilgan. Ijodkor bu romanida hayot, hayotning haqiqatga to’la nafasi ufurib turadi. Asar tilining soddaligi, voqealarining jonliligi e’tiborga loyiq. O’tgan asrning ikinchi yarmidagi o’zbek nasri rivojida O’lmas Umarbekovning o’ziga xos o’rni bor. Uning bu romanı yoshlar hayoti, ma’naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yoritilgan va bugungi kunda ham ko’p o’qiladigan asarlar sırasıga kiradi. Asarda ilgari surilgan asosiy g’oya bu muhabbatdek buyuk tuyg’uga bo’lgan sadoqatini hamma ham asrab qola olmasligi, dunyoning yolg’onchi tuyg’ulariga aldanib qolmaslik, nafsga hech qachon bosh egmaslik kabi tushunchalarni kitobxonga tushuntirish g’oyasi bor. Asar sarlavhasining tanlanishi yozuvchining nechog’lik mahoratli ekanligi ko’rsatib bergan. Asarga juda ham mos nom qo’yilgan. “Odam bo’lish qiyin” kitobxonning diqqatini tortishi aniq. Chunki hamma ham bu dunyoda insoniylik nomini saqlab qolishga harakat qiladi. Asarda qanday yo’ldan borilsa, shu nomni saqlab qolsa bo’ladi degan savolga javob topamiz. Shuning uchun shu sarlavha qo’yilgan.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба