Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

INGLIZ TILINI O'QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINING ROLI

ABI

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqola lingvistik kompetensiya va madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi o‘rtasidagi aloqalar hamda kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasida ingliz tilini o‘qitishning funksiyalari haqida muhokama qiladi. Maqolada ingliz tili o‘qitishda ingliz tilini o‘rganuvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini qanday rivojlantirish, shuningdek ingliz tili o‘qitishning muhim maqsadlarini tushunib yetishni tadqiq qiladi. Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi haqida gapirar ekanmiz avvalo, kompetensiya so‘zining tom ma’nosiga e’tibor qaratishimiz lozim. Shunday ekan “Kompetensiya” tushunchasi lotincha “competere” – mos kelmoq  so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘z kasbiga yaroqli, loyiq”degan ma’noni anglatadi.[1] Bundan tashqari ushbu so‘z keng ma’noda umumiy yoki muayyan keng qamrovli masalalarni yechishda mavjud bilim va ko‘nikmalarni amaliy tajribada qo‘llay olishni ham anglatadi. Demak, kompetensiya –kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat, egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatidir. Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak “kompetensiya” atamasi ilk bor XX asr o‘rtalarida N.Xomskiy tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, tildan foydalanish jarayonida faoliyatga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui sifatida baho beradi. Uning izdoshlari bo‘lgan ba’zi bir olimlar esa ushbu tushuncha kompetensiyaviy yondashuv sifatida talqin etilgan. Bunda kompetentlilik va kompetensiyaviy yondashuv tushunchalari ta’limda natijaviylikni ko‘rsatuvchi omillar sifatida qayd etiladi. “Kompetentlik”– subyekt va uning faoliyatiga berilgan tavsif bo‘lib, u ko‘pincha, turli ma’lumotlar beradigan lug‘aviy-me’yoriy adabiyotlarda “biror-nima haqida fikr yuritish, o‘z fikr-mulohazasini bildirish imkonini beradigan bilimlarni chuqur egallash” deya ta’riflanadi. Boshqacha aytganda, kompetentlik –avvalambor, ishni bajarish (maqsadga erishish) uchun nimalar zarur ekanligini tushunishning chuqur bilimlarga asoslangan darajasidir. Kasbiy kompetentlik esa kasbiy faoliyatga oid masalalarni hal etishda bilim va ko‘nikmalarni amaliy tajribada samarali qo‘llay olish mahoratidir. R.P. Milrudning fikricha: “... kompetensiya –shunday alohida faoliyat sohasiki, bunda individ(shaxs) yuqori darajadagi o‘zlashtirilgan yutuqlar strategiyasini namoyish qiladi. Tajriba, mavjud bilimlar va doimiy o‘z ustida ishlash asosida atrofdagi borliqning turli sohalarida qanday xatti-harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqidagi strategiyalar, malaka va amaliy bilimlar olish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlardir. Demak, kompetentlilik –shakllangan malaka va egallangan amaliy bilimlar asosida muvaffaqiyat strategiyalarini o‘zlashtirish hisobiga samarali faoliyat yuritish qobiliyatidir [2]. Shuning uchun kompetentlikni zamonaviy tushunish insonda ham o‘z imkoniyatlarini ishga solish va muayyan funksiyalarni bajara olish qobiliyati hamda unga mustaqil va mas’uliyatli harakat qilishi uchun imkon beradigan ruhiy holatlarning mavjudligini o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish muammosi o‘z tarixiga ega bo‘lib, kelib chiqishiga ko‘ra, N. Xomskiy, R. Uayt, J. Raven, D. Xayms kabi chet mualliflar tadqiqotlariga borib taqaladi. Bizning respublikada ta’limga kompetensiyaviy yondashuvning joriy qilinishi ushbu yondashuv asosida Davlat ta’lim standartining takomillashtirilishiga, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqich o‘quv dasturlari va darsliklari mazmuniga o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keldi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 8 aprelda tasdiqlangan Davlat ta’lim standartida umumiy o‘rta ta’lim bosqichida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch va xususiy kompetensiyalar shakllantirilishi talablari belgilab berilgan. Tayanch kompetensiyalar sifatida kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash kompetensiyalari, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalari, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari, milliy va umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari belgilangan. Bugungi kunda barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarida kompetensiyaning turlari aks ettirilgan va xususiy fanga oid kompetensiyalar ishlab chiqilgan. Davlat ta’lim standartlarida, xususan, chet tillarni o‘qitish bo‘yicha quyidagi kompetensiyalar belgilangan: Lingvistik kompetensiya ya’ni bunda til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) bo‘yicha ko‘nikmalarni egallash nazarda tutiladi. Sotsiolingvistik kompetensiya so‘zlovchining biror-bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadigan kompetensiya hisoblanadi. O‘rganilayotgan chet tilda kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadigan kompetensiya bu pragmatik kompetensiyadir. Kompetentlilik yondashuvining shakllanishi ta’limni taraqqiy ettirish talabi, zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga moslashish yo‘llarini qidirish bilan bog‘liq hisoblanadi. Kompetentlilik yondashuvi shaxsda bilimlardan tashqari amaliy vazifalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishga intilishini ham aks ettiradi. Kasbiy faoliyat mazmunining o‘zgarishi, yangi texnologiyalarni qo‘llash, o‘zgacha miqyosdagi tayyorgarlikni, umumta’lim asosi maktabdanoq shakllantiriluvchi kasbiy tayyorgarlikni taqozo etadi. Yuqorida keltirib o‘tilgan ushbu kompetensiyalar talabalarning chet tilidagi kommunikativ komptensiyalarini shakllanishga olib kelishi ko‘zda tutiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kommunikativ kompetensiya ham tayanch kompetensiyalar asosida turadigan ham xususiy kompetensiyalar jamuljamidan kelib chiqadigan, kompetentlikni ta’minlab berishga xizmat qiladigan asosiy kompetensiyadir. O‘z navbatida kommunikativ kompetentlilik, lingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy kompetensiyalarni kabi kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy-madaniy yondashuvning til ta’limidagi umumiy maqsadi kursantlarni chet tili vositalari orqali ko‘p madaniyatli dunyoda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish orqali faol hamkorlikka tayyorlashdir. Til muayyan ijtimoiy-madaniy voqelikni aks ettiruvchi vosita bo‘lib, uni egallash orqali biz madaniyatga tegishli olam manzarasini ham egallaymiz. Til bilishning o‘zi aslida madaniyat belgisining bir ko‘rinishidir. Barchamizga ma’lumki bizning buyuk bobokolonlarimiz ham qadimdan ikki, uch tilni bilganlar. Bu esa ularga boshqa millat vakillari bilan erkin muloqot qilish va hamnafas yashash imkonini bergan. Shuning uchun ham, chet tilini o‘qitishda kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini shakllantirib borish nihoyatda muhim bo‘lib, bu nafaqat chet tilini kerakli darajada chuqur o‘zlashtirishga, balki turli mamlakatlar xalqlari o‘rtasida keng miqyosli ijtimoiy-madaniy munosabatlarni o‘rnatishga ham samarali ta’sir ko‘rsatuvchi vositalardan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda chet tillarni o‘qitishning asosiy maqsadi faqat lisoniy bilimlar, ko‘nikma va malakalarni yetkazish va hatto mamlakatshunoslikka oid ma’lumotlarni risoladagidek o‘rganishdangina iborat bo‘lib qolmasligi lozim. Bu haqda Ter-Minasova fikri quyidagicha: “...pedagogik jarayonda madaniyatlararo muloqotda ishtirok eta olish qobiliyati asosiy o‘rinni egallashi kerak. Bu ayniqsa hozir juda ham muhim, «xalqlar, tillar, madaniyatlarning bir-biriga aralashuvi mislsiz keng quloch yoyganida – o‘zga madaniyatlarga bag‘rikenglikni tarbiyalash, ularga nisbatan qiziqish va hurmat uyg‘otish hamda o‘zida o‘zga madaniyatlardagi ortiqchalik, yetishmaslik yoki o‘xshamasligidan g‘ashlanish hissini yengish kabi muammolar ko‘ndalang turadi. Aynan shu munosabat bilan madaniyatlararo kommunikatsiya masalalariga nisbatan har tomonlama qiziqish uyg‘ongan»[3]. Darhaqiqat, bugungi kunga kelib chet tillarini o‘qitishning ijtimoiy-madaniy konteksti o‘zgargan deb ayta olamiz. Xalqaro muloqot tillarini o‘qitishning hozirgi bosqichida tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyatini bilish tildan foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Tilni madaniyat bilan birga o‘rganish zamonaviy til ta’limining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi va buni amalda unumli ishlata olish katta muvaffaqiyatlarga olib keladi. Tilni o‘rganilayotgan jamiyat madaniyatidan uzilgan holda o‘rganish mumkin emas, til va madaniya bu har doim yonma-yon ishlatiladigan bir butun tushunchadir. Chunki til jamiyat taraqqiyoti mahsuli va uning madaniyati tashuvchisidir. Lisoniy kompetentlik yetarli yoki hatto yuqori darajada bo‘lganida ham nolisoniy borliq haqidagi bilimlarning yetishmasligi bois chet tilida muloqot samarasi pasayib ketishi mumkin. A.V. Xutorskoy qadriyatli-mazmunli, umummadaniy, o‘quv-o‘rganish, informatsion, kommunikativ, ijtimoiy-mehnat, shaxsiy o‘z-o‘zini takomillashtirish kompetensiyalarni ham o‘rganib ularni farqlab chiqadi. Muallifning ta’kidlashicha, bunday asosiy kompetensiyalar ro‘yxati «umumiy ta’limning bosh maqsadlari, ijtimoiy tajriba va shaxs tajribasini tarkibiy tuzilishi hamda o‘quvchiga zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tajriba, yashash va amaliy faoliyat yuritish malakalarini egallashga imkon beruvchi asosiy faoliyat turlariga asoslanadi»[4] deb qayd etadi. Boshqa bir olim D.F. Ilyasov esa chet tilini o‘quv fani sifatida o‘rganishda asosiy kompetensiyalar jumlasiga quyidagilar kiritadi: ijtimoiy kompetentlilik – biror bir jamiyatda boshqa odamlarning qarashlarini hisobga olgan holda harakat qilish qobiliyati; predmetli kompetentlilik, ya’ni tilni bilim olish va muloqot vositasi sifatida anglash qobiliyati; informatsion kom

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба