SANOAT KORHONALARIDA ISHLAB CHIQARILGAN MAHSULOTLARNI EKSPORT IMPORT STRATEGIYASI (O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOAT KORXONALARI MISOLIDA)
Аннотация
Annotatsiya Ushbu maqolada Respublikamizdagi yengil sanoat korxonalarinining holati, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport import holati o‘rganib chiqilgan. Bundan tashqari Respublikamiz qonunchiligida import va eksport strategiyasining amaliy ishlab chiqarish jarayonida qo’llanishi xususan yengil sanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab islohotlarning olib borilayotganligi va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar keltirilgan. Bugungi kunda yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda. 2019 yilning 11 oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,3 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga yoki 9,6 mlrd. dollarga oshgan (2018y. – 28,7 mlrd, doll.). Jumladan: eksportning umumiy hajmi 16,3 mlrd. Dollarni tashkil etib, 43,3 foizga yoki 4,9 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 11,3 mlrd, doll.). Import hajmi 22,0 mlrd. dollarni tashkil etib, 27,0 foizga yoki 4,7 mlrd, dollarga oshgan (2018 y–17,3 mlrd. doll.). Natijada, tashqi savdo aylanmasi manfiy saldosi -5,7 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228,4 mln.dollarga yoki 3,8 foizga kamaygan (2018y.– 6,0 mlrd.doll.). Eksportni rag‘batlantirish, xususan mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishni har tomonlama soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2019 yil yakuni bilan umumiy eksport hajmi 34 %ga o‘sib, 18,7 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.