RAQOBAT BOZORLARIDA MILLIY TOVARLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY MARKETING FAOLIYATINI BOSHQARISH
Аннотация
Maqolada davlatimiz tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga keltirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarning asosiy maqsadi raqobat bozorlarini rivojlantirishda raqobatli ustunlikni ta’minlanishi tahlil qilingan. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishida har bir ishlab chiqaruvchi raqobat kurashida ustunlikka erishishga intiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini ham tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, tadbirkorlikda marketing faoliyatni samarali boshqarishga hamda mahsulotlarning eksport hajmini oshirishga qaratilganligi ham ushbu fikrlarni tasdiqlaydi. Mamlakat iqtisodiyotida olib borilayotgan muhim ijtimoiy siyosatlardan biri aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini yaxshilash borasidagi ishlar sanaladi. Shu sababli, mamlakatimizda raqobat bozorlarni rivojlantirish sharoitida tadbirkorlikda marketing faoliyatini boshqarish, ishlab chiqarish korxonalarida raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyati sifatida muhokama etiladi.