O`RTA OSIYO VA O`ZBEKISTONDA SUV RESUSLARIDAN FOYDALANISH
Аннотация
O`rta Osiyo respublikalari daryolarining suvlari Tyan-Shon va Pomir-Oloy tog` tizmalarida vujudga keladi. Bu suvlarning umumiy hajmi 136 mlrd m. kub bo`lib, shundan 110,4 mlrd m. kubi (81,2%) O`rta Osiyo hududida vujudga keladi; 25,6 mlrd m. kub suv Afg`oniston va Eron mamlakatlari hududidan kelib qo`shiladi. Daryolarning ko`pchilida oqadigan suvlar qor-yomg`ir suvlari bo`lib, ozrog`i muzlik-qor suvlaridir. Yer osti suvlarining umumiy hajmi yer usti suvlari hajmining taxminan 13,5% ga teng. Yer osti suvlarining yarmidan ko`prog`i O`zbekiston respublikasi hududida, qolgani Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari hududida joylashgan. O`zbekistondagi yer osti suvlarining ko`p qismi Farg`ona va Toshkent atrofidagi vodiylarda, Qirg`izistondagi yer osti suvlarining 77% respublikaning shimoliy hududlarida, Tojikistonda uning janubiy-g`arbiy qismida, Turkmanistonda esa Kopetdog atroflarida hamda Murg`ob va Tedjen daryolari boshlanadigan hududlarda joylashgan.