"AL OSOR AL-BOQIYA AN AL-QURUN AL-XOLIYA"ASARINING TARIXIY AHAMIYATI
Аннотация
“Osori boqiya” (“Al- osor al boqiya an al- qorun al-holiya” – Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” ). taxminan 1000-yilda, Abu Rayhon Jurjonda (Kaspiy dengizining janubiy sharqidagi shahar) yashaganida yozib tamomlagan. Bu asar Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari bo’lib, Beruniy uni 27 yoshida yozgan. “Hozir ham butun sharq ilmiy adabiyotida bu kitobga teng keladigan ilmiy asar yo’qdir”—deb yozgan edi akademik I.Y.Krachkovskiy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”da Beruniy o’ziga ma’lum bo’lgan xalqlar: yunonlar, rumliklar, eroniylar, sug’diylar, xorazmliklar, harroniylar (yulduzga topunuvchilar), qibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha bo’lgan arablar va musulmonlarning butun yil hisoblari, turli bayramlari va mashhur kunlarining mufassal tasvirini bayon etgan.