Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

ALISHER NAVOIY "LAYLI VA MAJNUN" DOSTONIDA TO'Y, BAZM VA MUSIQAGA OID TERMINLAR

ABI

Аннотация

ANNOTATSIYA\n\nBuyuk mutafakkir Alisher Navoiy “Xamsa”sining uchinchi dostoni bo‘lmish “Layli va Majnun” dostonida o‘z davrining turli ilm-fan, kasb-hunarlariga oid terminlari qo‘llanilgan. Xususan, ijtimoiy, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, hayvonot va o‘simlik dunyosiga oid terminlar, ilmi nujum (astronomiya)ga oid, tibbiy, musiqiy, ma’dan nomlarini anglatuvchi, ilm-fanga oid, diniy tushunchalarga oid, to‘y va motam marosimlari bilan bog‘liq terminlar va boshqa ko‘plab sohalarga doir bir qancha terminlar asarda mahorat bilan qo‘llanilgan.\n\nBiz mazkur maqolada ushbu dostonda Navoiy mahorat bilan qo‘llagan to‘y, bazm va musiqaga oid terminlar xususida fikr yuritamiz. Bu terminlarning ayrimlari hozirgi kunda ham qo‘llanilsa, ba’zilari butunlay iste’moldan chiqib, tarixiy so‘zga aylangan, yana bir qismi esa o‘z o‘rnini boshqa bir so‘zga bo‘shatib bergan. Doston matnida qo‘llanilgan to‘y, bazm va musiqaga oid terminlarning aksariyati ot va fe’l so‘z turkumiga tegishli ekanini ko‘rish mumkin. Shuningdek, bu terminlarning katta qismi arab va fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlardir.\n\nMaqolada tahlilga tortilgan terminlar bilan tanishish Navoiy ijod ummonining bir qatrasini kashf qilishda, shuningdek, terminologiya sohasi tarixi va taraqqiyoti uchun ham manba bo‘lib xizmat qiladi.\n\nKalit so‘zlar: Alisher Navoiy, termin, terminologiya, to‘y, bazm, musiqa, tarixiy so‘z.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба