Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

O'SMIRLIK YOSHI DAVRINING O'ZIGA XOS O'ZGARISHLARI VA PSIXОFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

ABI

Аннотация

O’smirlik davri insonni bolalikdan - yoshlikka o’tuvchi va o’z navbatida boshqa davrlardan o’zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi inson ontogenetik rivojlanishining eng xarakterli davrlaridan biridir. Bu davr psixologik pedagogik adabiyotlarda «O’tish davri», «og’ir davr», «inqiroz davri» kabi iboralar bilan ataladi. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o’qish paytlariga to’g'ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo’lgan davr oraligida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. Shuni hisobga olgan holda aytish mumkinki, o’smirlik davri ayrim bolalarda (aksariyat hollarda qiz bolalarda) 9-10 yoshlardan boshlanib, yana boshqalarida 16-17 yoshlargacha davom etishi mumkin. O’smirlik davrining boshlanishi qiz bolalarda o’gil bolalarga nisbatan 1-2 yil oldin ro’y beradi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба