CHINGIZ AYTMATOV 'ARSGA TATIGULIK KUN' asari
Аннотация
ANNOTATSIYA:Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning 'asrga tatigulik kun' asari xudosizlik va mankurtlik kabi insonlarning yomon illatlarini fosh etuvchi va bu asar o'sha davrda millionpab kitobxonlarning kalbini zabt etgan.Asrga tatigulik kun” romanida voqealar asosan Sario`zak cho`lida, Bo`ronli temir yo`l bekatida bo`lib o`tadi. Gap butun ongli hayotini bekatda oddiy temiryo`lchi bo`lib o`tkazgan Kazangapning vafotidan so`ng dafn etish taraddutlari tasviri bilan boshlanib,romanning nihoyasida dafn musibat ustiga musibat bilan tugaydi. Shu orada Kazangap biln Edigey Bo`ronning hayoti, ularga chambarchas bo`g`liq yoki bo`g`liq bo`lmagan holda Tinch okeani tepasida Sovet-Amerika “Paritet” kosmik kemasining parvoza bilan bog`liq hodisalar, Ona Bayit qabristoni, Nayman ona va uning baxtsiz farzandi Jo`loman, maktab muallimi Abutolib Quttiboyev, uning sadoqatli rafiqasi Zarifa va farzandlarining boshiga tushgan falokatlar hikoya qilinadi.