Raqamli muhitda mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarishni amalga oshirishning muammolari: qiyosiy tahlil
Аннотация
Hozirda sunʼiy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun turli sabablar keltirilmoqda, ulardan uchta eng asosiysini keltirib o‘tamiz. Birinchisi, arzon narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari. Ikkinchisi, taʼlim uchun katta hajmdagi maʼlumotlarning mavjudligi. Sunʼiy intellekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi. Uchinchisi, sunʼiy intellekt mahsulotlari raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini kengaytirishi hamda boshqa foydali omillar uchun ko‘plab vositalarni taklif qila oladi. Natijada sunʼiy intellekt joriy etilgan kompaniyalar raqobatga anchayin chidamli bo‘ladi. Sun’iy intellektning mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish institutlarining muhofaza ob’yektlari bo‘lishi muammolari xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida tahlil etilgan. Shuninhdek, maqolada ushbu institutni takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim dolzarb muammolarga, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlariga va milliy qonunchilikning qiyosiy-huquqiy tahliliga, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Mualliflik huquqini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.