O’zbek tili milliy korpusi uchun jadid tilshunoslarining lingvistik asarlarini manba sifatida olinishi
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbek tili korpusi va korpus uchun jadid tilshunoslarining lingvistik asarlari manba sifatida olinishi haqida ma’lumotlar berib o’tildi va mavjud muanmolarga ilmiy yondashildi. O’zbek tili milliy korpusi - o’zbek tilining badiiy asarlari hamda variantlari, keng ko’lamli lingvistik va metamatnli ma’lumotlari bilan ta’minlangan, turli xil uslublarni aks ettiruvchi elektron matnlar majmuasini ifodalay olishi kerak. Bunday ma’lumotlar mavjudligi korpusning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uni elektron shakldagi hammabop oddiy matnlar majmuidan, xususan, odatdagi internetdan farqli o’laroq ajralib turadi. Ma’lumotning mukammalligi va aniqliligi, shuningdek, turli xildagi tilga oid fakt va hodisalarning batafsil qamrab olinishi korpusning ko’p qirrali lingvistik manba sifatidagi asosiy ahamiyatini ko’rsatadi.