Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

Polietilen mahsulotlarining xossalarini o’rganish va tadqiqotlash

CyberLeninK (CyberLeninka)repository2022uz
ABI

Аннотация

Hozirgi kunda sanoatda va boshqa sohalarda sintetik polimerlar asosida yaratilgan plastmassalar qo’llanilmagan biror bir soha yo’q. Buning sababi albatda polimerlarni uziga xos xususiyatlarga egaligi va ishlab chiqarish uchun keng xom ashyo bazasi mavjudligidir. Sintetik polimerlarni olishdagi usullar yangi texnalogiyalar va uskunalar joriy etilishi hamda xomashyoning tarkibi o’zgarishi sayin takomillashib boradi. Polimerlanish reaksiyalari orqali olingan termoplastlardan polietilen, polipropilen, polistirol, polivenilxlorid va vinilxlorid sopolimerlari poliakrilatlari, poliizobutilen, polivenilatsetat alohida o’ringa ega. Ular ichida dunyoda eng ko’p ishlab chiqarilgani polietilendir. Yaqingacha mashinalarning detallarini faqat metalldan ishlash mumkun deb o’ylanar edi,endi esa ularning hamma qismlarini polietilenning qattiq navlaridan yasash mumkunligi ayon bo’lib qoldi. Eng qizig’i shuki, inson organizmidagi protezlar va suyaklarning ayrim qismalari polietilendan yasash mumkun ekan. Demak polietilen tashqi muhitdan odamning ichiga kirib keldi. Balki bir necha yillardan keyin olimlar polietilendan tirik to’qimalrni yaratishga qodir bo’lishsa ajab emas. Polietilen ikkinchi jahon urushida avval Angliyada birinchi radiolokatsion material bo’lib, avvaliga oltindan ham qimmatliroq edi. Endi esa u boshqa polimerlardan ancha arzon. Undan ishlanga buyumlarga doimo ehtiyoj katta. Shuning uchun polietilen ishlab chiqarish iqtisodiy manfaatlidir.

Мавзулар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба