SOHIBQIRON AMIR TEMURNING XALQARO ALOQALARDA DIPLOMATIK MAHORATI HAQIDA BA'ZI MULOHAZALAR
Аннотация
Amir Temur davri tashqi siyosiy aloqalari va diplomatiyasi hech bir mubolag`alarsiz xalqaro munosabatlar tarixining eng yorqin sahifalaridan deya olamiz. Tarixiy voqelikni har taraflama va chuqur tahlil qilmasdan turib avvaldan qandaydir bir ijtimoiy yo hissiy buyurtma bilan bir mavzu yo shaxsni ulug‘lash oqlash, yo qoralash maqsad qilib qo‘yilsa xalqaro munosabatlar tarixida xatolik bo‘ladi. Amir Temur davri xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi o‘zi yashagan davr uchun ham hozirgi davr uchun ham muhim hisoblanadi. Amir Temurning davlat xavfsizligini ta`minlash maqsadida olib borgan siyosati va qoshni davlatlar bilan olib brogan aloqalari va jahongirlik faoliyatini butun dunyo o‘rganmoqda va tahlil qilmoqda.