AQLLI SHAHAR INFRATUZILMASI UCHUN MOSLASHISH JARAYONLARINI ANIQLASH MASALASIGA OID TUSHUNCHALAR
Аннотация
Raqamli iqtisodiyot imkoniyatlarini hayotga tatbiq etish masalasi nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar tasdiqlaganidek, mamlakat kesimida iqtisodiyotni raqamli formatga o‘tish dasturini ishlab chiqish yo‘lidan borilishi, uning bosqichlari 2030 yilgacha davom etishi va zamonaviy jamiyat taraqqiyoti raqamli muhit orqali global makonga qo‘shilishiga imkon beradi. Umuman olganda, robototexnika, sun'iy intellekt, additiv ishlab chiqarish va ma'lumotlarni tahlil qilish sohalaridagi yutuqlar innovasiyalarni jadallashtirish va ishlab chiqarish hamda sanoatning qo‘shilgan umumiy qiymatdagi ulushini oshirish uchun muhim imkoniyatlarni taqdim etadi va ilg‘or raqamli ishlab chiqarish texnologiyalari inklyuziv va barqaror sanoat rivojlanishi va maqsadlarga erishishda o‘z hissasini qo‘shishi orqali mamlakatda barqaror rivojlanish asosini yaratadi.