Асосий контентга ўтиш
Бошқа

BOSHLANGICH SINFDA "ASSESSMENT" TEXNIKASI ASOSIDA O'QUVCHILARNING BILIM, KO'NIKMALARINI ANIQLASH

ABI

Аннотация

Dars bilan tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir. Abdulla Avloniy Zamonaviy o’qituvchi doimo o’z davridan ancha oldinni ko’ra bilishi, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda jamiyat talablari yo’nalishini yaxshi anglab yetmog’I lozim. Zero, ta’lim-tarbiya ishining sifati birinchi navbatda o’qituvchiga , uning nazariy bilimi va pedagogic mahoratiga bog’liq. Shunday ekan, o’qituvchi malakasini zamon talablariga muvofiq tinmay o’stirib borishi talab etiladi . Barchamizga ayonki, har bir o’quvchi qobiliyati, uni aniqlash, to’g’ri yo’naltirish va takomillashtirish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. Bu – pedagogika fani haqiqatidir. Bugungu kunda o’quvchilarni o’qitish emas, balki, ularni o’qishga o’rgatish zarur. Chunki, biz hayotga bitiruvchilarni emas, balki, maktab ta’lim-tarbiyasini ko’rgan mustaqil shaxsni yetkazishimiz kerakligini muhtaram Yurtboshimiz ko’p ta’kidlaydilar. Darslarni zamon talabi darajasida, interfaol usullarda, innovatsion yo’nalishlarda, turli noan’anaviy yo’sinda tashkil etilishi o’quvchilar ongi, dunyoqarashining kengayishiga, mustaqil fikrlovchi shaxsni, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ishtirok etadigan fuqaroni shakllantirishga omil bo’lib xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yoshiga munosib o’yinqaroq va sho’x bo’lishadi. Ularga yangi mavzuni tushuntirishda faqat bir xil usuldan foydalanish bolalarni charchatish va zeriktirishga olib keladi. Shunday ekan, ularga dars o’tishda turli qiziqarli metod va texnologiyalar, didaktik o’yinlardan foydalangan o’qituvchi o’zlashtirishida samaradorlikka erishiishi tayin. Bunday metodlarning asosiy qismi raqobatga asoslanganligi bilan xarakterlidir. Chunki, qayerda sog’lom raqobat mavjud ekan, o’sha yerda albatta qilingan ishning samarasi bo’ladi. Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lib, ularga alohida topshiriq berilsa, har bir o’quvchi shu guruhda uning ham o’rni borligini his etadi. Topshiriqlar yakunida uning mazmunini o’quvchilardan biri taqdimot etishi kerakligi, har bir topshiriqni o’quvchi taqdimot qilishi lozimligi tushuntirilsa, past o’zlashtiradigan o’quvchi qachondir uning ham gapirish navbati kelishini tushunib yetadi va o’z-o’zidan bunga tayyorlanib boradi. O’qituvchi esa xuddi shu jarayonda doimo o’zgalar panasida yurgan o’quvchisini ham gapirtirishga, yoki, eng tortinchoq o’quvchilarni ham jamoaga qo’shilishiga erishadi. Guruhda o’z o’rnining mavjudligini his qilgan har qanday o’quvchi keyingi darsga har tomonlama tayyor bo’lib kelishga odatlanadi. Darslarni noan’anaviy usulda o’tadigan zamonaviy o’qituvchining eng birinchi yutug’I esa butun sinf o’quvchilarining darsga tayyorlanib kelishi hisoblanadi. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda boshlang’ich ta’lim darslarida “Assessment” texnikasi mashqlari asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikmalarini aniqlash usullari haqida fikr yuritamiz. Darslarni noan’anaviy usulda o’tadigan zamonaviy o’qituvchining eng birinchi yutug’I esa butun sinf o’quvchilarining darsga tayyorlanib kelishi hisoblanadi. Biz har bir darsimizni pedagogik texnologiya asosida otishimiz darsni yanada samarali bolishiga olib keladi. Sizga biz hozir "Assisment" texnikasidan matematika fanidan qanday foydalanish yollari haqida misollar keltirib o`tamiz. “Assesment” - inglizcha assessment so‘zidan olingan bo‘lib , “baho”, “baholash” ma'nosini bildiradi. Maqsadi – o‘quvchilarning bilimini bir necha xil yondashuvlar orqali baholash, tahlil qilish, sinab ko‘rishdan va o‘z o‘zini baholashga imkoniyat berishdan iboratdir. Undan ma’lum bo’lim yakunida o’quvchilarning bo’limda o’rganganlarini baholashda yoki darsning mustahkamlash bosqichida foydalanish mumkin. Chizma orqali o’quvchilarga bir necha topshiriq beriladi. Ular ma’lum belgilangan vaqt mobaynida bu savollarga javob yozadilar. Keyin, o’qituvchi slayd orqali to’g’ri javobni ko’rsatadi, yoki o’qib beradi. O’quvchi esa o’zini o’zi tekshiradi. Chizmadagi topshiriqlarni o’quvchilar yoshiga moslab murakkab lashtirish yoki soddalashtirish ham mumkin. Masalan “Assesment texnikasi”dagi har bir topshiriq tagiga shu topshiriq uchun bo’lib o’quvchilarga qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal ball yozib qo’yiladi. O’quvchining ishi tekshirilganda shu ballar asosida baholanadi. Bu ballarni o’qituvchi tanlagan topshirig’idan kelib chiqib oldindan belgilaydi. Slaydda bu texnikani quyidagicha tasvirlash mumkin. Test Sirti ko‘pburchaklardan iborat bo‘lgan shakl …….. deb ataladi. a) teng tomonli burchaklar b) kupburchak c) ko‘pyoq (1ball) Muammoli vaziyat: Qizcha 26 ta qog‘oz varag‘idan 3 ta bir xil bloknot yasadi. Shundan keyin unda 2 ta qog‘oz varag‘i qoldi. Har bir bloknotga nechta qog‘oz varag‘I ishlatildi? (2 ball) Amaliy topshiriq Rasmga qarab masala tuzing va uni yeching 85 (2 ball) Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki assisment metodini qollash bilan bolalarni har tomonlamma mukammal oziga xos qilib tarbiyalaymiz, ular ozlarini ozlari baholashadi. Tabiatshunoslik faniga bo`lgan qiziqishlari ortib borishadi. Ushbu metod boshlang’ich sinf o’quvchilarining mustaqil fikrlashi, o’z fikrini bayon eta olish qobiliyatini shakllantirishi uchun xizmat qiladi. Zamonaviy o’qituvchi doimo o’z davridan ancha oldinni ko’ra bilishi, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda jamiyat talablari yo’nalishini yaxshi anglab yetmog’I lozim. Zero, ta’lim-tarbiya ishining sifati birinchi navbatda o’qituvchiga, uning nazariy bilimi va pedagogik mahoratiga bog’liq. Xulosa sifatida shuni aytishishimiz mumkinki harbir darsimizni turli usullarda tashkil etish bolalarning qiziqishini oshirish bilan birga darsning yanada samaradorligini oshirishga ham olib keladi

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба