Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

FRAZEOLOGIK OLAM TASVIRI LINGVOKULTUROLOGIYA OBYEKTI SIFATIDA

Bahora JURAHOLOVAUzbekistan State World Languages University
ABI

Аннотация

Maqolada lingvokulturologiya ilmiy sohasi doirasida olamning frazeologik tasvirini o‘rganish bilan bir qatorda frazeologik birliklarning ahamiyati qay darajada muhimligi izohlangan. Frazeologik birliklar, xususan, maqollar, iboralar har bir xalqning madaniyati va dunyoqarashini ochib beruvchi omillar sanaladi. Mana shu maqollar va iboralardagi konsept, ya’ni tushunchalar bizga tili tahlil qilinayotgan millatning lingvistik olam tasvirini yaratishimiz uchun lozimdir. Maqolada metaforalarning frazeologik olam tasviridagi ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Konseptual metaforalar inson tafakkurida olam manzarasini yaratadi va har bir xalqning lingvistik olam tasviri konseptual metaforalarning turlicha ekanligi bilan farq qiladi. Turli til foydalanuvchilari konseptual metaforalardagi konseptlarni o‘z madaniyati, rivojlanish tarixi tufayli turli maʼnolarda qabul qiladilar va shu sababdan o‘zlari uchun til orqali olam tasvirini yaratadilar. Ushbu maqola til inson ongiga taʼsir eta olishini hamda kognitiv sistemani shakllantirishi mumkinligini izohlaydi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба