Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SINTAKTIK OMONIMLARNI TASNIFLASH TAMOYILLARI XUSUSIDA

Nasiba SAYIDIRAHIMOVAInternational Islamic Academy of Uzbekistan
ABI

Аннотация

Tildagi omonim va omonimiya hodisasi shu kungacha faqat tilning leksik va morfologik sathi obyekti sifatidagina o‘rganilib kelingani ma’lum. Biroq so‘nggi yillarga kelib, tilshunoslikda asosida ikki tomonlama sintaktik bog‘liqlik, ya’ni ayni damda, so‘z va so‘z birikmalari bir qancha mazmun — dominantaga ega bo‘lgan konstruksiyalarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur holat omonimiya hodisasini o‘rganishning doirasi ancha kengaygani, ya’ni u tilning barcha sathlarida kuzatiluvchi ko‘pqirrali lingvistik hodisa sifatida tahlilga tortilishi lozimligi bilan bog‘liq. Kundalik nutqiy muloqotda so‘zlovchi doimiy ravishda o‘zi anglamagan holda turli noaniq konstruksiyalarni yaratadi, nutqida qo‘llaydi va ayni damda, tafakkurda tahlil qiladi. So‘zlovchi tomonidan og‘zaki va yozma nutq ifodasida pragmatik mazmun (presuppozitsiya)ni nazarda tutgan holda qo‘llanilgan bunday sintaktik noaniqliklar retsipiyent uchun ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi, tabiiy. Sintaktik bog‘lanishning bunday nostandart ko‘rinishi struktur va sintaktik omonimiya bilan uzviy aloqadorligidan kelib chiqadi. Shu sababli struktur omonimiya tushunchasi ostida biz bir qancha propozitsiyaga ega bo‘lgan nutqiy zanjirni tushunamiz. Hozirga kelib, sintaktik noaniqlik (xilma xillik)larni aniqlash zamonaviy nazariy va amaliy tilshunoslikning eng muhim va asosiy muammolaridan biri sifatida qaralmoqda. Shu bois, mazkur maqolada, asosiy e’tibor, sintaktik omonimlarni o‘rganish, ularni belgilash va tasniflash masalasiga qaratiladi. Shuningdek, unda sintonimlarni tasniflashda ma’lum darajada mezon bo‘luvchi tahlil tamoyillari tavsiya etiladi hamda sintaktik omonimlarning tasnifi nutqiy interpretatsiya jarayonidagi misollar tahlili orqali asoslab beriladi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба