Асосий контентга ўтиш
Мақола

QISHLOQ XO'JALIGIGA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY QILISH

ABI

Аннотация

Hozirgi paytda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ma’lum bir iste’molchilarning talablarini aniqlash va qondirishga qaratilgan marketingga ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Agar oldin korxona birinchi navbatda ishlab chiqarishga tegishli tadqiqotlarni bajargan bo’lsa, unda marketing tizimi asosiy e’tiborni bozordagi ahvolning tahliliga qaratadi. Agar qishloq xo’jaligi mahsulotlari assortimentini rejalashtirish oldin faqat uning sifatini yaxshilashga qaratilgan bo’lsa, unda marketing tizimi, asosan, iste’molchi talablarini hisobga oladi. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko'paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g'allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi. Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-to'qimachilik klasterlari tashkil etildi. Joriy yilning o'zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug'orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo'yicha sa'y-harakatlar boshlandi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба