Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

О ЕДИНСТВЕННОМ ЭКЗЕМПЛЯРЕ РУКОПИСИ «МАЪОРИФУН НАСАБ» БАБАДЖАНА САНОИ, ХРАНЯЩЕМСЯ В БЕРЛИНСКОЙ ГОСУДАРСТВЕННОЙ БИБЛИОТЕКЕ

Gulnoz XALLIEVAUzbekistan State World Languages UniversityNargiza ADAMBAEVATashkent State University of Oriental Studies
ABI

Аннотация

Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshida O‘zbekistonning Xorazm viloyatida yashab ijod qilgan iqtidorli shoir, tarixchi, mutasavvuf olim Bobojon Sanoiyning Germaniyaning Berlin davlat kutubxonasida (Staatsbibliothek zu Berlin) yagona nusxada saqlanayotgan “Maorifun nasab” (The enlightenment of genealogies) qo‘lyozmasining xususiyatlari ochib berilgan. Ushbu qo‘lyozmaning hajmi 390 bet bo‘lib, kirish va beshta bobdan iborat “Maorifun nasab” Xiva xonlari tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, Eltuzarxonning (XIX asr) taklifi bilan yaratilgan va asar muqaddimasi unga bag‘ishlangan. Tarixiy voqealar bayonida muallif ko‘plab she’rlar, rivoyatlardan foydalangan. Ushbu asar V.V. Bartold, Yu. Bregel, G. F. Gofman, Zaki Validiy To‘g‘on, N. Komilov, Sh.Shakirova kabi o‘zbek va horij olimlari tomonidan qisman o‘rganilgan. Maqola Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilayotgan “Yevropa fondlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalarning maʼlumotlar bazasini va “Yevroturcologica.uz” elektron platformasini yaratish” innovatsion loyihasi doirasida tayyorlangan. Ushbu loyiha tarkibida bir qancha professor olimlar faoliyat yuritadi. Mazkur loyiha obyekti — Yevropa fondlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalar bo‘lib, ilmiy maqsad — ular haqidagi maʼlumotlar bazasini yaratishdan iborat.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба