ATMOSFERAGA ANTROPOGEN TA'SIRLAR
Аннотация
Atmosfera havosi yerning gazsimon qobig’i sifatida barcha jonli organizmlarning hayoti uchun muhim rol o’ynaydi. Atmosfera havosi haroratning o’zgarishida va ultrabinafsha nurlarni ushlab qolishda muhim ahamiyatga ega. Fan-texnikaning rivojlanishi, aholi sonining ortishi, antropogen (bevosita va bilvosita) ta’sirlar ortishi natijasida atmosfera havosining ifloslanish darajasi ortib ketdi. Antrogen ta’sirlar kuchayishi bilan atmosferadagi muvozanat qonuniyatlari buzilib ketish jarayoni nisbatan tezlashdi. O’zbekiston Respublikasi Prizedenti Shavkat Mirziyoyev “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunga imzo chekdi. “Yashil makon” loyihasini kengaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishib chiqib, ijobiy fikrlar qabul qilindi.