Demokratlashtirish sharoitida parlament nazorati institutining ayrim nazariy va amaliy jihatlari
Аннотация
Mazkur maqolada parlament nazoratining nazariy asoslari, xususan, parlament nazorati tushunchasi, uning yuridik tahlili va bugungi kundagi ahamiyati, xorijiy mamlakatlarda parlament nazoratining o‘ziga xos jihatlari, parlament nazorati bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi o‘rganib chiqiladi va tahlil qilinadi. Maqolada ta’kidlanganidek, parlament nazorati qonunchilikni takomillashtirishda, inson huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishida, hokimiyatlar bo‘linishi tizimining samaradorligiga erishishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Qonunlar jamiyatdagi muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilinadi. Qonunning ijro etilishi holati bilan tanishishning eng maqbul usuli nazorat qilish hisoblanadi. Parlamentning bunday nazorat qilishdan asosiy maqsadi qonunni ijro etmayotganlar yoki uni ijro etishda to‘sqinlik qilayotganlarni jazolash emas (bu vazifa boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiradi), balki qonunlarni ijro etish mexanizmidagi kamchiliklarni bartaraf etish va mazkur mexanizmni takomillashtirishdan iborat.