Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SYNERGETIC-STRUCTURED MODEL OF PEDAGOGICAL DIAGNOSTIC OF STUDENTS' CONFLICT BEHAVIOR

M BaybaevaTashkent State Pedagogical University after named NizamiI ImomovFergana Stete University, Tashkent State University of Economics
2023en
ABI

Аннотация

Mazkur tadqiqot mualliflari oliy taʼlim muassasalari talabalarning nizoga asos boʻluvchi xulq-atvorini pedagogik tashxis etishning sinergetik konsepsiyasini ishlab chiqishni maqsad qilgan. Unda shaxsiyatning dinamik tuzilmasi konsepsiyasiga muvofiq toʻrtta kichik tuzilmalar ketma-ketligi, ularning ahamiyati va nizolarni vujudga kelishining mazkur kichik tuzilmalarga uzviy bogʻliqligi bayon qilingan. Taʼlim-tarbiya jarayonda nizoga sabab boʻluvchi xulq-atvor, nizoga kirishuvchi tomonlar, ularning oʻzaro munosabati, nizolarni oldini olish imkoniyatlari va nizoli vaziyatlarni yumshatish, qolaversa, ularni bartaraf etishda obyektivlikning ahamiyati, nizoli vaziyatlarni boshqarishni yaxlit tizim sifatida oʻrganilgan. Tadqiqot davomida makroijtimoiy yondashuv singari oliy taʼlim ijtimoiy muhitidagi nizolarni talqin etishga asoslangan xilma-xil nazariya va konsepsiyalarga tayanib nizolarni sinergetik nazariy asoslari tahlil qilingan, shuningdek, taʼlim muassasalarida yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish, yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan pedagogik nizolarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarda talabalar xulq-atvorini pedagogik tashxis etish natijasida nizolarni bartaraf etishning sinergetik modeli ishlab chiqilgan.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба