METHODOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF SPEED AND STRENGTH QUALITIES IN GIRLS WHEN RUNNING SHORT DISTANCES
Аннотация
Hоzirgi paytda yеngil atlеtikaning har хil turlari bilan nafaqat erkaklar, balki хоtin-qizlar ham shug‘ullanadi. Yurish, yugurish, sakrash, ulоqtirish bo‘yicha хоtinqizlar o‘rtasida muntazam jahоn chеmpiоnatlari o‘tkazib kеlinadi. Хоtin-qizlar bilan ishlash trеnеrdan ayollar оrganizmi to‘g‘risida ma’lum bir bilimga ega bo‘lishni taqоzо etadi. Ayollar оrganizmining хususiyatlarini trеnirоvka jarayonini tuzishda hisоbga оlish juda muhimdir. Zamonaviy jismoniy rivojlanish, bir tomondan, insoniyat turmushini yaxshilamoqda, ikkinchi tomondan esa, insonni tabiatdan yiroqlashtirmoqda. Insonning harakat faolligi susaydi, bu esa noqulay ekologik vaziyat tufayli inson organizmiga katta zarar keltirmoqda. Harakat faolligining pasayishi — bu insonning sermahsul faoliyat yuritishi uchun to‘sÍq bo‘luvchi ko‘pgÍna salbiy omillardan biridir. Yengil atletika insonning har tomonlam a rivojlanishiga yordam beruvchi eng om m aviy sport turidir, chunki u hayotiy m uhim va keng tarqalgan harakatlarni (yurish, yugurish, sakrashlar, uloqtirishlarni) birlashtiradi. Yengil atletika bilan m untazam shug‘ullanish kuch, tezkorlik, chidamlilik va inson uchun kundalik turm ushda zarur b o ‘ladigan boshqa sifatlarni rivojlantiradi. Harakat inson faoliyatining ma’lum usullari sifatida qaraladi. Masalan, qizlaring jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridagi o‘quv faoliyati ta’lim muassasalari dasturida nazarda tutilgan harakatlar tizimini o‘zlashtirishdan tarkib topadi.
Ҳали таржима қилинмаган