Tarjimani o‘qitish va o‘rganishdagi oxirgi zamonaviy tendensiyalar
Аннотация
Tarjima, boshqa san’at va fanlar singari, o’z qoida va cheklangan vositalariga ega bo’lgan yuqori san’at hisoblanadi. Rivojlangan davlatlar qatorida ona tilimizning ham xalqaro tillar safiga qo’shishga katta umid bog’lab, boshqa chet tillardan o’z ona o’zbek tilimizga va aksincha o’zbek tilidan chet tiliga bevosita, ya’ni hech bir o’zga til vositasisiz tarjima qilish faoliyati jadal suratlar bilan taraqqiy topmoqda. Shu o’rinda uzoq vaqtlardan beri mamlakatimizda asosan yozma tarjima sohasi keng tarqalgan edi. Lekin so’nggi yillarda zamon talabi bilan og‘zaki tarjimaning, jumladan aynan sinxron tarjimaning salmog‘i ortib bormoqda va bu sohada yetuk kadrlarni tayyorlashni davr taqozo qilmoqda. Bu maqolamizda tarjimon asosan sinxron tarjimon tayyorlashning muammo va usullari haqida ma’lumot berishni maqsad qildik.