Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

FRANSUZ MILLIY KUTUBXONASIDAGI NAVOIY KULLIYOTIDAN BIR G‘AZAL

Akrom MALIKOVTashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning Parij shahridagi Fransuz Milliy kutubxonasida Turc 316 va Turc 317 inventar raqami bilan saqlanayotgan ikki jilddan iborat kulliyotdan o‘rin olgan “G‘aroyib us-sig‘ar” devonida 26-tartibda kelgan 9b–10a-betlaridagi g‘azal kontekstual metod asosida tahlil qilingan. Bu g‘azal Alisher Navoiy mukammal asarlari to‘plami 20-jildida rasmiy devonlarga kiritilmagan g‘azallar qatorida keltirilgan. Maqolaning yangiligi shundaki, mazkur matn hali navoiyshunoslar tomonidan tahlil yoki sharhga tortilgani kuzatilmagan, qolaversa, unda g‘azal kontekstual tahlil metodologiyasi asosida o‘rganilgan. G‘azalga Alisher Navoiy ijodi kontekstining bir qismi, Alisher Navoiy ijodiy konseptini namoyon etuvchi bir qirra sifatida qaralgan va unda tarannum etilgan majoziy muhabbat tasavvuf ma’rifatining o‘zak g‘oyalaridan ekanligiga urg‘u berilgan. Matn bevosita Alisher Navoiy kulliyotining faksimil elektron nusxasidan foydalanilgan holda tadqiqqa tortilgan, Alisher Navoiy istifoda etgan eski turkiy alifbo va imloda taqdim qilingan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба